News

13 January 2025

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting

    “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi. (https://uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama)
   Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yoʻnalish bo'yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2025-yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar nazarda tutilgan.
   Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.
Davaktiv agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishga hamda oʻz takliflarini “Taraqqiyot strategiyasi” markazining maxsus uzbekistan2030.uz (https://uzbekistan2030.uz/) onlayn portali orqali bildirishlariga chorlaydi.
92 Print
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech