News

14 January 2025

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Qadrli vatan himoyachilari!

Sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Bu kun Vatanimiz sarhadlarini himoya qilish, xalqimiz tinchligi va farovonligini ta'minlash yo'lida fidokorlik bilan xizmat qilayotgan mard o'g'lonlarimizni ulug‘lash kuni sifatida mamlakatimiz tarixida alohida o'rin egallaydi. Qurolli Kuchlarimiz mustaqillik yillarida zamonaviy va kuchli tuzilma sifatida shakllandi, bu esa mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini ishonchli kafolatlaydi.

Bugungi kunda yurtimizda tinch va osoyishta hayotning hukm surayotgani aynan jasur harbiylarimizning o'z xizmat burchlariga mas'uliyat va sadoqat bilan yondashayotganining yaqqol ifodasidir. Ularning mardligi, jasorati va vatanparvarligi barchamiz uchun ibrat manbai bo'lib qolmoqda.

Aziz vatan himoyachilari! Sizga mustahkam sog'lik, omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Doimo qalbingizda yurtga bo'lgan muhabbat va fidoyilik alanga sochib tursin!

Hurmat bilan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi

80 Print
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech