22-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi
227 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 74,3 mlrd so'm bo'lgan 175 ta lot 85,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat aktivlari:
- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 56,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 60,6 mlrd so‘m
Andijon viloyati Andijon shahridan boshlang'ich narxi 31,9 mlrd so‘m bo‘lgan “Andijon Avtotexxizmat” MChJ ustav fondidagi 51,24 foiz davlat ulushi 35,0 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidan boshlang'ich narxi 24,3 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli ma’muriy bino va inshootlar 25,6 mlrd so‘mga sotildi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 43 ta
- boshlang'ich narxi 3,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 3,5 mlrd so‘m
yer uchastkalari:
- soni 25 ta
- boshlang'ich narxi 4,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 7,1 mlrd so‘m
- yer maydoni 29 ga
Andijon viloyati Bo‘ston tumanidan boshlang'ich narxi 0,3 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun yеr uchastkasi 1,2 mlrd so‘mga sotildi.
qishloq xo'jaligi yerlari:
- soni 28 ta
- boshlang'ich narxi 0,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 0,8 mlrd so‘m
- yer maydoni 333 ga
boshqalar:
- soni 77 ta
- boshlang'ich narxi 9,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 13,1 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Karmana tumanidan boshlang'ich narxi 0,1 mlrd so‘m bo‘lgan “Karmana-2” yer qa’ri uchastkasida ohaktosh uchun geologik qidiruv ishlarini olib borish huquqi 1,4 mlrd so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 638 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 22,9 trln so'm bo'lgan 105 245 ta lot savdoga qo'yilgan.

