#matbuot_anjumani
Joriy yilning 11-iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyat Matbuot uyida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda boshqarma boshlig‘i o'rinbosari S.Maxmaraimov tomonidan "Davlat ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida ma’lumotlar berildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi axborot xizmati