ASSALOMU ALAYKUM AZIZ YURTDOSHLAR!
Yurtimizda tantanavorlik, ko‘tarinkilik kayfiyati bir necha kundan buyon davom etmoqda. Navro‘zi olam qadim Samarqand tuprog‘iga ham kirib kelganligi munosabati bilan har birimizning qalbimizda bahoriy his-tuyg‘ular uyg‘ondi.
Fursatdan foydalanib, Siz azizlarni, Sizlar orqali ko‘p millatli yurtdoshlarimizni Navro‘z bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz va mana shunday fayzli, shodiyona ayyomda barcha-barcha yurtdoshlarimizga eng ezgu tilaklarni izhor etamiz.
Navro‘z qut-baraka, uzoq-umr, so‘nmas rizq sifatida har birimizning hayotimizdan o‘rin olishini va xayr-u baraka yo‘ldosh bo‘lishini tilaymiz.
Navro‘z - yangilanish, yasharish bayrami bilan tabriklaymiz!