Ру Ўз O'z En

Новости

20 Февраля 2026

19-февраль санасида ўтказилган онлайн савдолар натижаси

19-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

417 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 35,5 mlrd so'm bo'lgan 294 ta lot 41,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

davlat aktivlari:

- soni 3 ta
- boshlang'ich narxi 3,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 3,6 mlrd so‘m

 Samarqand viloyati Payariq tumanidan boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi ma’muriy bino 2 mlrd so‘mga sotildi.

davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:

- soni 81 ta
- boshlang'ich narxi 19,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 20,4 mlrd so‘m

yer uchastkalari:

- soni 48 ta
- boshlang'ich narxi 5,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 9,3 mlrd so‘m
- yer maydoni 7 ga

 Xorazm viloyati Shovot tumanidan boshlang'ich narxi 0,6 mlrd so‘m bo‘lgan master-reja asosida savdoga chiqarilgan avtosalon va avtomobillarga ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatish binosi qurish uchun 45 sotix yеr uchastkasi 1,9 mlrd so‘mga sotildi.

qishloq xo'jaligi yerlari:

- soni 74 ta
- boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
- yer maydoni 457,9 ga

boshqalar:

- soni 88 ta
- boshlang'ich narxi 5,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 5,9 mlrd so‘m

 O'tkazilgan savdolarda 942 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

 Hozirda, narxi 20,8 trln so'm bo'lgan 109 260 ta lot savdoga qo'yilgan.
 

105 Распечатать
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech