Ру Ўз O'z En

Новости

11 Февраля 2026

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

Samarqandda "Hokim va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab o‘tilganidek, har bir yoshning taqdiri va kelajagi ustuvor ahamiyatga ega, ayniqsa otaliqqa olingan va og‘ir toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash muhim vazifa hisoblanadi.

Shu asosda viloyatimizda tashkilot va korxona rahbarlari tomonidan shu kabi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bugun viloyat hokimi Adiz Boboyev o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda bandlik, kasb-hunar, chet-tillarini o‘rganish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinib, har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Qayd etilganidek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi. Har bir yoshning murojaati doimiy nazorat va e’tiborda bo‘ladi.
 

Uchrashuv davomida yoshlar kitob va boshqa esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

 

     

5 Распечатать
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech