Ayni vaqtda Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy (Ma’rifat) o‘quv soati" bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat xizmatchilarining maʼnaviy siyosiy faolligini oshirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan o'quv soatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirok etishmoqda.
Mazkur o‘quv soatida ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, "Davlat xizmatchisi va mediasovodxonlik: ehtiyoj va natija" videolavhasi namoyishi hamda mamlakatimiz va jahonda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ma’lumotlar berilmoqda.