Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 Fevral 2023

31-yanvar sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

10 222 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 7,9 mlrd so‘mlik 2 733 ta mulk 9,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki:

  • Soni 3 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m
  • Qarshi tumanidagi “Beshkent paxta tozalash” AJga qarashli narxi 2 mlrd so‘mlik maishiy bino 2,2 mlrd so‘mga sotildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 46 ta
  • Boshlang‘ich narxi 518 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 3,4 ga
  • Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidan narxi 37,8 mln so‘mlik o’yin maydonlari va stadionlar qurish uchun 0,66 gektar yer uchastkasi 185,1 mln so'mga sotildi.
  • Farg’ona shahridan narxi 186,9 mln so‘mlik kichik sanoat zonasidagi 0,99 gektar yer uchastkasi 467,3 mln so‘mga sotildi.
  • Andijon viloyati, Marhamat tumanidan narxi 10,9 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 1,4 sotix yer uchastkasi 42,6 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 41 ta
  • Boshlang‘ich narxi 13,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 34,6 mln so‘m
  • Urganch shahridan boshlang'ich narxi 0,2 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 18 mln so'mga sotildi.

Sud va boshqa organ hujjatlari bo'yicha:

  • Soni 31 ta
  • Boshlang‘ich narxi 4,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,4 mlrd so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 5 532 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 9,2 trln so‘m bo‘lgan 169 511 ta lot savdoga qo‘yilgan.

2433 Chop etish