Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Aprel 2020

Davaktiv agentligi xodimlari Navro‘z umumxalq bayramini keng nishonlamoqda

2025-yilgi yasharish va yangilanish ramzi bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida keng nishonlanmoqda hamda an’anaviy ravishda umumxalq sayillari o‘tkazilmoqda. 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimi xodimlari ham Toshkent shahrining “Navro‘z” va “Anhor” bog‘larida joriy yilning 20-21-mart kunlari o‘tkazilayotgan xalq sayllarida hamda u yerda tashkil etilgan tadbirlarda faol qatnashmoqda.

Jumladan, xalq sayli dasturlari doirasida Arqon tortish”, “Kuch sinashish”, “Kamondan o‘q uzish”, “Varrak uchirish kabi milliy o‘yinlarimizda faol ishtirok etgan xodimlar va ularning oila a’zolari Davaktiv agentligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, bu yilgi Navro‘zi olam muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, Davaktiv agentligi markaziy apparatida uzoq yillar faoliyat yuritib nafaqaga chiqqan mehnat faxriylari holidan xabar olindi hamda ularga bayram munosabati bilan Davaktiv agentligi jamoasi nomidan turli xil oziq-ovqat mahsulotlari va sovg‘alar topshirildi.

11 Chop etish