Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Fevral 2025

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligiga bagʻishlangan tadbir

Ayni damlarda yurtimiz boʻylab oʻzbek mumtoz sheʼriyati gulshanining ikki buyuk ustuni, shoir va mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda oʻzbek klassik adabiyotining ulkan namoyondasi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining 542 yillik tavallud ayyomlari keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Davaktiv agentligi tizimida ikki buyuk zotning hayot yoʻli va ijodi haqida “Ikki buyuk siymo: maʼnaviyatimiz sarchashmalari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. 

Maʼruzachi va mehmon sifatida filologiya fanlari nomzodi, dotsent “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Toʻlqin Togʻayev ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, insonni komillikka yetaklovchi kuch ham, davlat va jamiyat taraqqiyoti ham ilm va maʼrifat bilandir. Navoiy ijodi bizni ana shunday yuksak maqsadlar sari ilhomlantiradi, maʼnaviy qudrat baxsh etadi.

Alisher Navoiy ijodi va faoliyatiga oid barcha maʼlumotlar uning sivilizatsiyamiz tarixida turkiy tilning boshqa tillaridan ustun tomonlarini koʻrsatib, ona tilimizning boy imkoniyatlarini toʻliq ochib bergan buyuk olim sifatida biz uchun qadrlidir.

Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs boʻla turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qoʻshgan, ilm, fan, sanʼat rivojiga homiylik qilib, tinchlik va totuvlik hukm surishiga doim harakat qilgan. 

Zahiriddin Muhammad Bobur esa, turli hududlar va mintaqalarning, mamlakatlar va o'lkalarning, shaharlar va qishloqlarning siyosiy tarixi, ilm-fani, madaniyati, urf-odatlari bilan birga, ularning tabiati, xo'jaligi, joʻgʻrofiy o'rni, chegaralari, yaylovlari, togʻ va daralari, ko'l va daryolari, xilma-xil o'simliklari, mevalari, haiyvonot dunyosi, yerusti va yerosti boyliklari, tili, savdo-sotiq ishlari bilan ham astoydil qiziqqan. Bularning hammasini o'zining qomusiy asari“Boburnoma”da bayon etgan.

Muzokaralarga boy tadbir soʻngida, ishtirokchilar barcha qiziqtirgan savollariga javob oldi.

7727 Chop etish