Joriy yilning 3 fevral kuni “Toshkent” Respublika fond birjasining muzokarali auksion tartibida ishlovchi "Nego Board" savdo tizimida turgan quyidagi yirik aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketini sotib olish bo‘yicha salohiyatli xaridorlar aniqlanib, ular bilan bitimni amalga oshirish huquqini beruvchi kelishuv tuziladi:
-
“Yangiyul yog‘-moy" AJ ustav kapitalidagi 56,32 foiz davlat aksiyalari paketini 40,9 mlrd.so‘mga;
-
“Qo‘qon yog‘-moy" AJ ustav kapitalidagi 51,0 foiz davlat aksiyalari paketini 23,4 mlrd.so‘mga;
-
“Toshneftgazqurilish" AJ ustav kapitalidagi 53,23 foiz davlat aksiyalari paketini 35,9 mlrd.so‘mga sotib olish bo‘yicha talabgorlar aniqlandi.
Keyingi bosqichlarda, Sotuvchi va Sotib oluvchi o‘rtasida 5 ish kuni ichida mazkur aksiya paketlarini sotib olish bo‘yicha Kelishuv shartnomasi imzolanadi. Kelishuv shartnomasi imzolangan kundan boshlab 10 ish kuni ichida bitim amalga oshiriladi. Bitim amalga oshirilganidan so‘ng 2 ish kuni ichida aksiyalar sotib oluvchining depo hisob-raqamiga, pul mablag‘lari esa sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.