Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Sentyabr 2026

Samarqand shahridan koʻchmas mulk xarid qilishni xohlovchilar hamda tadbirkorlar diqqatiga!

Oʻz biznesingizni kengaytirish, yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyish yoki foydali investitsiya kiritishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, ushbu takliflar aynan siz uchun. "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali Samarqand shahrining qulay hududlarida joylashgan bino va inshootlar ochiq kimoshdi savdosiga chiqarilmoqda.

Eng muhimi — barcha obyektlar uchun muddatli toʻlov imkoniyati mavjud boʻlib, bu tadbirkorlarga oʻz moliyaviy resurslarini samarali taqsimlagan holda qulay shartlarda koʻchmas mulk egasiga aylanish imkonini beradi.

Quyida sotuvga qoʻyilgan obyektlar haqida batafsil maʼlumot bilan tanishishingiz mumkin:

1-obyekt: Nayman MFYdagi bino va inshoot

  • Joylashgan manzili: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Nayman MFY, Nodirabegim koʻchasi, 4-A-uy.

  • Boshlangʻich narxi: 1 555 205 000,00 soʻm.

  • Bino egallagan maydoni: 130,99 kv. metr.

  • Qoʻshimcha imkoniyatlar: Xaridorlar uchun muddatli toʻlov imkoniyati koʻzda tutilgan.

  • Batafsil maʼlumot va savdolarda qatnashish: E-auksion sahifasiga oʻtish (Lot №25471592)

2-obyekt: Bogʻi Temur MFYdagi bino va inshoot

  • Joylashgan manzili: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Bogʻi Temur MFY, Orzu Maxmudov koʻchasi, 12-uy.

  • Boshlangʻich narxi: 645 530 250,00 soʻm.

  • Yer maydoni: 0,0088 gektar (0,88 sotix).

  • Bino egallagan maydoni: 88 kv. metr.

  • Qoʻshimcha imkoniyatlar: Muddatli toʻlov sharti bilan xarid qilish imkoniyati mavjud.

  • Batafsil maʼlumot va savdolarda qatnashish: E-auksion sahifasiga oʻtish (Lot №25471595)

3-obyekt: Siyobcha MFYdagi bino va inshoot

  • Joylashgan manzili: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Siyobcha MFY, Chuquryoʻl koʻchasi, 9v-uy.

  • Boshlangʻich narxi: 2 347 200 000,00 soʻm.

  • Yer maydoni: 0,0051 gektar (0,51 sotix).

  • Bino egallagan maydoni: 263 kv. metr.

  • Qoʻshimcha imkoniyatlar: Ushbu obyekt boʻyicha ham muddatli toʻlov imkoniyati taqdim etiladi.

  • Batafsil maʼlumot va savdolarda qatnashish: E-auksion sahifasiga oʻtish (Lot №25471597)

Murojaat uchun aloqa maʼlumotlari:

"E-AUKSION" platformasi vakillari:

  • +998 (77) 375-74-17

  • +998 (99) 207-36-07

  • +998 (99) 207-26-07

Samqardang viloyati Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi matbuot xizmati

5 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech