Yangiliklar

11 Aprel 2025

Ёшлар коррупцияга қарши муросасиз курашади

 
 Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bosh yuristkonsulьti Yusupov Nodir Ismatovichning 11.04.2025 yilda Jomboy tumanidagi 56-oʼrta maktabda “Yoshlar korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashadi” mavzusidagi maʼruzasi:

Oʼzbekiston dunyoga islohotlar mamlakati sifatida tanilib ulgurdi. Har jabhada oʼzgarishlar, yangilanishlar kechmoqda.

Boshqaruv tizimi shaffof, ochiq siyosat yuritish tamoyillari asosida yoʼlga qoʼyildi. Bu korruptsiyaning oldini olishga xizmat qiladi. Gap korruptsiyaga qarshi kurash haqida borar ekan, bu borada jamoatchilikning nazorati juda muhim ekanini alohida taʼkidlash kerak.

Eng asosiysi, bu jarayonda yoshlarning faolligi sezilayotgani eʼtiborga molik.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida korruptsiyaga barham berish masalasiga alohida toʼxtalib, bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi maqsadga muvofiq ekani taʼkidladi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etilib, uning tarkibiga yoshlar, xususan, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari jalb etilishi ham yaxshi natija berishi, shubhasiz.

Chunki, yoshlarimiz vatanparvarligi, mamlakat taraqqiyotiga befarq emasligi, fidoyiligi bilan ajralib turadi. Ularda hayotbaxsh gʼoyalar, tashabbuslar ham koʼp.

Kengashning asosiy vazifalari agentlik faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʼrnatish, korruptsiyaga qarshi kurashish rejalari, strategiyalari, agentlik tomonidan qabul qilingan qarorlarni mustaqil monitoring qilish va taʼsirini baholash, davlat xaridlari, byudjet mablagʼlaridan foydalanish jarayonlarini kuzatish hisoblanadi. Bu orqali yanada ochiqlik va shaffoflikka erishish mumkin.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes hamjamiyati bilan hamkorlikda korruptsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʼyicha takliflar ishlab chiqadi.

Kengash aʼzolarining yana bir muhim vazifalaridan biri, bu — jamoatchilik, fuqarolarga korruptsion holatlar yuzasidan agentlikka toʼgʼridan-toʼgʼri xabar berish imkonini beruvchi platforma va uning mobil ilovasini keng targʼib qilish. Bu orqali xalqimiz korruptsiya holatlarini tez va qulay tarzda tegishli mutasaddilarga yetkazish imkoniga ega boʼladi.

Аlbatta, barcha sohalarda korruptsiyaga qarshi kurashish, uning oqibatlarini oʼrganish va oldini olish masalasi eng dolzarb vazifalardan biri.

Yoshlar uchun esa eng muhim yoʼnalishlardan biri, bu – taʼlim sohasidagi va ishga kirish bosqichida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan korruptsiya turlariga qarshi kurashish.

Sababi, mamlakatimizning 18 milliondan ziyod qismini, yaʼni qariyb 55 foizini tashkil etuvchi yoshlar aynan shu jarayonlarda korruptsiya bilan bogʼliq vaziyatlarga duch kelishi mumkin.

Jamoatchilik kengashida Yoshlar parlamenti vakillarining ishtirok etishi mazkur yoʼnalishlarda yoshlar fikrlarini inobatga olib takliflar berish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Endilikda, Yoshlar parlamentining barcha aʼzolari bilvosita mazkur jarayonda oʼz tashabbuslari bilan ishtirok etadi.

Hozirdanoq Yoshlar parlamentining taʼlim va ishga kirish sohasida bir nechta dastlabki takliflari shakllanganini aytish joiz.

Birinchidan, taʼlimning barcha bosqichlarida inson omilini kamaytirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni majburiy qilib belgilash (kirish imtihonlari, jurnallarni yuritish, baholash va shu kabilar) taklif etiladi.

Ikkinchidan, ishga kirish boʼyicha tanlovlar onlayn eʼlon qilinishini davlat va nodavlat tashkiloti boʼlishidan qatʼiy nazar joriy qilish lozim.

Uchinchidan, ishga kirishda suhbat yoki imtihon jarayonlarini tashkilot saytlarida onlayn translyatsiya qilish mexanizmini ishga tushirish va bunda translyatsiya ovozli boʼlishini inobatga olish kerak.

Toʼrtinchidan, korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha yoshlarning doimiy fikrini oʼrganish va maxsus soʼrovlarni tashkil etish lozim boʼladi. Bu jarayonda internet tarmogʼidan keng foydalanish hamda boshqa analogi boʼlmagan yangi platforma yaratish zarur.

Bir soʼz bilan aytganda, Yoshlar parlamenti korruptsiyaning jinoyat ekanini va unga nisbatan toqatsiz boʼlish gʼoyasini yoshlar oʼrtasida «tengdosh-tengdoshga» tamoyili asosida targʼib qilish va bu yoʼnalishda qonunchilikka takliflar, tavsiyalar berishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan.

Prezidentimizning taʼbiri bilan aytganda, korruptsiyaning har qanday koʼrinishiga murosasiz boʼlish biz — yoshlarning kundalik hayot tarziga aylanishi shart.

Eng muhimi, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi yuksaltirilib, jamiyatda korruptsiyaga qarshi kurashishga daxldorlik shakllanadi.

 

77 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech