510 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 61 mlrd so'm bo'lgan 331 ta lot 71,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 7 ta
- boshlang'ich narxi 40,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 42,3 mlrd so‘m
- Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 30,4 mlrd so‘m bo‘lgan "Toshkent agrokimyohimoya hududiy aksiyadorlik jamiyati" AJ balansidagi markaziy baza 31,9 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 4 ta
- boshlang'ich narxi 27,2 mln so‘m
- sotilgan narxi 60,3 mln so‘m
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara narxi 3,9 mln so‘m bo‘lgan umumta'lim maktabi balansidagi bo‘sh turgan oshxona 34,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 183 ta
- boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
- yer maydoni 14 ga
- Namangan viloyati Norin tumanidan boshlang‘ich narxi 89,3 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 98,3 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 12 ta
- boshlang'ich narx 1,1 mlrd so'm
- sotilgan narx 2,9 mlrd so'm
- yer maydoni 103,1 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 77 ta
- boshlang'ich narxi 17,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 23,6 mlrd so‘m
- Toshkent shahar Olmazor tumanidan boshlang'ich narxi 3 mlrd so‘m bo'lgan hovli uy 8,7 mlrd so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 1 082 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 17 trln so'm bo'lgan 146 941 ta lot savdoga qo'yilgan.