29-aprel kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdolarida jami 375 ta lot savdoga chiqarildi. Savdolar yakuniga ko‘ra, boshlang‘ich narxi 47,9 mlrd so‘m bo‘lgan 154 ta lot 49,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari segmentida 62 ta obyekt savdoga qo‘yilib, ularning boshlang‘ich qiymati 46,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur obyektlar 46,7 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘yicha 49 ta lot savdoga chiqarilib, ularning umumiy boshlang‘ich narxi 0,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ushbu yer uchastkalari 0,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. Yerlarning umumiy maydoni 173,2 gektarni tashkil etadi.
Boshqa turdagi aktivlar doirasida 43 ta obyekt savdoga qo‘yilib, boshlang‘ich narxi 0,5 mlrd so‘m bo‘lgan mazkur lotlar 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
Savdolarda jami 260 nafar yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etdi.
Ayni paytda boshlang‘ich narxi 27,3 trln so‘m bo‘lgan 112 208 ta lot savdoga qo‘yilgan.

