31-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi
483 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 33,6 mlrd so'm bo'lgan 232 ta lot 36,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 9 ta
- boshlang‘ich narxi 24,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 25,3 mlrd so‘m
yer uchastkalari:
- soni 71 ta
- boshlang'ich narxi 6,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 7,1 mlrd so‘m
- yer maydoni 10,4 ga
Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan master-reja asosidagi yеr uchastkasida ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun ijara huquqi bilan 0,58 gektar yеr uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi. (Lot batafsil ko'rish)
qishloq xo‘jaligi yerlari:
- soni 91 ta
- boshlang‘ich narxi 2,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2,8 mlrd so‘m
- yer maydoni 891,6 ga
boshqalar:
- soni 61 ta
- boshlang‘ich narxi 0,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 437 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 24,3 trln so'm bo'lgan 111 592 ta lot savdoga qo'yilgan.

