Bu milliy timsolda ajdodlarimiz va xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda zalvorli o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan. O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi Vatanga muhabbat, tariximiz va milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qadrli yurtdoshlar! Davlat aktivlari agentligi jamoasi Sizlarni madhiyamizning 33 yillik ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi!

