
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgust kunidagi «Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-140-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvaridan boshlab iqtisodiy sudlarni maqbullashtirish orqali tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarini tugatish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo iqtisodiy sudlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Mazkur Farmonga binoan 2026-yil 1-yanvaridan Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudi tashkil etilib, bugungi kunda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
E’tirof etish kerakki, iqtisodiy sudlar tomonidan bankrot deb topilgan korxonalarni tugatish ishlarini qonun doirasida hal etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
2026-yil 23-yanvar kuni Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudining tashabbusi bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida Majburiy ijro burosi Samarqand viloyat boshqarmasi, Samarqand viloyat Soliq boshqarmasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Samarqand shahar prokuraturasi va Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi bo‘yicha iqtisodiy sudlar tomonidan bankrot deb topilgan korxonalarni tugatish, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tugatish ishlarini qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, tugatish boshqaruvchilarining qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, sud tugatish boshqaruvchilari tomonidan qarzdor korxonalarni tugatish jarayonida amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni samarali hal etish yuzasidan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Seminar yig‘ilishida Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudi raisi I.Hamroqulov, sudyalar J.Usupov, F.Uldashev va L.Asatov, Majburiy ijro burosi Samarqand viloyat boshqarmasi, Samarqand viloyat Soliq boshqarmasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari, Samarqand shahar prokurori yordamchisi I.To‘rayev va tugatish boshqaruvchilari ishtirok etishdi.
Seminar davomida ishtirokchilar kun tartibidagi masala bo‘yicha muammolar batafsil tahlil qilinib, xato va kamchiliklar muhokama qilindi.
Seminarda ishtirok etganlar tomonidan muhokama qilingan mavzu yuzasidan amaliyotdagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan sudyalar, mas’ul xodimlar va tugatish boshqaruvchilari fikr-mulohazalarini bildirishdi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda muammolarni hal qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar bildirildi.
Seminar jarayonida tugatish boshqaruvchilari tomonidan qarzdor korxonalarni tugatish ishlarini jadallashtirish, qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni to‘liq bajarish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.
Luqmonboy ASATOV,
Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi.

