Siyosiy ma’rifat soatining navbatdagi soni e’lon qilindi
Davlat xizmatchilarining kasbiy va siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini oshirish, mamlakatimizda hamda xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar bo‘yicha xabardorligini ta’minlash maqsadida "Siyosiy ma’rifat soati"ning navbatdagi soni taqdim etildi.
Ushbu ma’rifiy manba davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun muhim uslubiy qo‘llanma bo‘lib, undan quyidagi asosiy bloklar o‘rin olgan:
-
Siyosiy-ijtimoiy sharh: Mamlakatimiz hayotidagi ustuvor voqealar, davlat siyosatining doirasidagi strategik karorlar hamda xalqaro munosabatlarga oid muhim tahliliy ma’lumotlar.
-
Qonunchilikdagi yangiliklar: Yangi qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, shuningdek, sohaviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari.
-
Ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish: Davlat xizmatchisining kasbiy odob-ahloq qoidalari, rahbarlik va muloqot madaniyati, jamiyatdagi ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar.
Siyosiy ma’rifat soatining to‘liq materiallari va o‘quv-uslubiy kontenti bilan tashkilotning rasmiy resurslari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishishingiz mumkin.

