Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Sentyabr 2026

Narpay tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyat: Yer uchastkalari muddatli toʻlov sharti bilan sotuvga chiqarildi

 

Samarqand viloyatining Narpay tumanida oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish yoki kengaytirish istagida boʻlgan tadbirkorlar uchun qulay imkoniyat yaratilmoqda. Tumandagi Muqimiy hamda Islom Shoir MFYlarida joylashgan, tadbirkorlik faoliyatiga moʻljallangan yer uchastkalari "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotuvga qoʻyildi.

Eng asosiy afzallik shundaki, auksion gʻoliblariga yer uchastkasi qiymatini bir yoʻla emas, balki muddatli boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etiladi.

Sotuvdagi yer uchastkalari boʻyicha maʼlumotlar:

1. Muqimiy MFY hududidagi obyekt

2. Islom Shoir MFY hududidagi obyektlar Islom Shoir MFY hududidagi yer uchastkalari boʻyicha quyidagi lotlar orqali ishtirok etishingiz mumkin:

Qoʻshimcha qulayliklar va maʼlumot: Savdolarda qatnashish, ariza topshirish va auksion mexanizmi bilan tanishish uchun maxsus video-qoʻllanmani tomosha qiling: https://t.me/auksionvideo

Auksionda qatnashish yuzasidan savollar boʻyicha "E-AUKSION" vakillari bilan bogʻlanishingiz mumkin:

  • +998 77 375 74 17

  • +998 99 207 36 07

  • +998 99 207 26 07

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi matbuot xizmati

17 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech