Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Oktyabr 2026

Millat ruhi va davlat g‘ururi: Ona tilimiz bayrami qutlug‘ bo‘lsin!

Har bir xalqning milliy o‘zligi, ma’naviy qiyofasi va davlatchilik tarixi uning ona tili bilan uzviy bog‘liqdir. Ona tili — millatning bebaho boyligi, uning ruhi va g‘ururidir.

Bugun, 21-oktyabr kuni mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganiga 37 yil to‘ldi. Ushbu tarixiy sana har yili yuksak shukuh va g‘urur bilan O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

O‘zbek tili boy lug‘at tarkibi, teran ma’nosi va jozibasi bilan asrlar davomida bobolarimizdan bizga yetib kelgan ulkan ma’naviy merosdir. Mustaqillik yillarida ona tilimizning davlat tili sifatidagi o‘rni va mavqeyi tubdan mustahkamlanib, uning jamiyatdagi hamda xalqaro maydondagi nufuzi izchil oshib bormoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, soha xodimlarini hamda el-yurtimizni ushbu qutlug‘ ayyom — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Tilimizning sofligi va jozibasini saqlash, uni kelajak avlodga bebaho xazina sifatida yetkazish har birimizning fuqarolik va burchimizdir. Ushbu quvonchli kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, elimiz farovonligi va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Ona tilimizning salohiyati va nufuzi yuksala versin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi

9 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech