Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 May 2026

Qurbon hayiti munosabati bilan belgilangan dam olish kunlari to‘g‘risida e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlariga muvofiq, 2026-yilda Muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may — chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtdoshlarimiz uchun ketma-ket 5 kunlik dam olish kunlari belgilandi.

Dam olish kunlari taqvimi:

  • 27-may, chorshanba — Qurbon hayiti bayrami;

  • 28-may, payshanba — qo‘shimcha dam olish kuni;

  • 29-may, juma — qo‘shimcha dam olish kuni;

  • 30-may, shanba — qo‘shimcha dam olish kuni (barcha xodimlar uchun);

  • 31-may, yakshanba — taqvim bo‘yicha odatiy dam olish kuni.

Ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun dam oladilar. Navbatdagi rasmiy ish kuni 2026-yil 1-iyun, dushanba kunidan boshlanadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ulug‘ ayyom — Qurbon hayiti bilan samimiy qutlaydi. Sizga va oilangizga sihat-salomatlik hamda tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi Axbororat xizmati

 

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech