Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi (SamDavaktiv) hamda "E-AUKSION" elektron savdo platformasi tadbirkorlik sub'ektlari va investorlar uchun navbatdagi yirik ko'chmas mulk ob'ektlarini ommaviy savdolarga taklif etadi. Samarqand viloyatining sanoat va ishlab chiqarish salohiyati yuqori bo'lgan Urgut hamda Nurobod tumanlarida joylashgan bino va inshootlar onlayn auksionga qo'yildi.
Mazkur ob'ektlarning barchasi investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida muddatli to'lov (qiymatni bo'lib-bo'lib to'lash) huquqi bilan realizatsiya qilinmoqda.
Sotuvga qo'yilgan ob'ektlar ro'yxati va texnik ko'rsatkichlari:
1-lot: Urgut tumani, Kamangaron MFY hududidagi bino va inshootlar Yirik ishlab chiqarish korxonalari, logistika markazlari, bojxona omborlari yoki sanoat majmualarini tashkil etish uchun barcha qulayliklarga ega hudud.
-
Manzil: Samarqand viloyati, Urgut tumani, Kamangaron MFY, Kamangaron ko'chasi, 12-uy
-
Boshlang'ich narxi: 11 832 053 430.00 so'm
-
Umumiy yer maydoni: 0,25 gektar (ga)
-
Bino va inshootlarning egallagan maydoni: 1289,19 kvadrat metr (kv.m)
-
Elektron auksiondagi havola: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24166425
2-lot: Urgut tumani, Mazortepa MFY hududidagi bino va inshootlar Aholi gavjum hududda joylashgan bo'lib, o'quv markazlari, tibbiyot klinikalari, zamonaviy ofislar yoki xizmat ko'rsatish majmualari uchun juda mos keladi.
-
Manzil: Samarqand viloyati, Urgut tumani, Mazortepa MFY, Navoiy ko'chasi, 594-uy
-
Boshlang'ich narxi: 3 214 083 000.00 so'm
-
Umumiy yer maydoni: 0,0416 gektar (ga)
-
Bino va inshootlarning egallagan maydoni: 832,02 kvadrat metr (kv.m)
-
Elektron auksiondagi havola: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24166426
3-lot: Nurobod tumani, Ulus MFY hududidagi bino va inshootlar Keng maydon va infratuzilma talab qiluvchi zavodlar, og'ir sanoat tarmoqlari yoki agrosanoat klasterlari loyihalari uchun mo'ljallangan yirik ob'ekt.
-
Manzil: Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Ulus MFY, Mevali ko'chasi, 463-uy
-
Boshlang'ich narxi: 3 015 103 647.00 so'm
-
Umumiy yer maydoni: 4,22 gektar (ga)
-
Bino va inshootlarning egallagan maydoni: 1721,43 kvadrat metr (kv.m)
-
Elektron auksiondagi havola: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24235069
4-lot: Nurobod tumani, Jom MFY hududidagi bino va inshootlar O'rtacha hajmdagi tikuvchilik yoki to'qimachilik sexlari, hududiy omborxonalar va ishlab chiqarish tarmoqlarini yo'lga qo'yish uchun qulay hudud.
-
Manzil: Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Jom MFY, 9-Jom ko'chasi, 581-uy
-
Boshlang'ich narxi: 592 909 000.00 so'm
-
Umumiy yer maydoni: 0,55 gektar (ga)
-
Bino va inshootlarning egallagan maydoni: 733 kvadrat metr (kv.m)
-
Elektron auksiondagi havola: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24166648
Qatnashish tartibi va ma'lumotlar: Onlayn auksion savdolari qonunchilik doirasida to'liq shaffof va elektron tarzda o'tkaziladi. Ishtirok etish shartlari, arizalarni rasmiylashtirish va elektron kalit olish bo'yicha platformadagi video-qo'llanma orqali ma'lumot olishingiz mumkin.
Qo'shimcha savollar va tushuntirishlar yuzasidan "E-AUKSION" vakolatli mutaxassislari bilan bog'lanish raqamlari:
-
Telefon: +998 (77) 375-74-17
-
Telefon: +998 (99) 207-36-07
-
Telefon: +998 (99) 207-26-07
SamDavaktiv matbuot xizmati

