Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Sentyabr 2026

DAVLAT AKTIVLARI 1 MLN SO‘MDAN BOSHLANG‘ICH NARXDA AUKSIONGA CHIQARILMOQDA

UZOQ VAQT DAVOMIDA SOTILMAY KELGAN DAVLAT AKTIVLARI 1 MLN SO‘MDAN BOSHLANG‘ICH NARXDA AUKSIONGA CHIQARILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son Farmoniga muvofiq, uzoq vaqt davomida sotilmay kelayotgan ayrim davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida ularni elektron onlayn-auksion orqali 1 million so‘m boshlang‘ich narxda realizatsiya qilish imkoniyati yaratildi.

Mazkur tartib doirasida Samarqand viloyatidagi quyidagi davlat aktivlari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilmoqda:

  1. Samarqand viloyati, Narpay tumani, Haqiqat MFY
    Lotni ko‘rish

  2. Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, Jumaboy MFY
    Lotni ko‘rish

  3. Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Do‘ng MFY
    Lotni ko‘rish

  4. Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Bog‘oloni MFY
    Lotni ko‘rish

  5. Samarqand viloyati, Urgut tumani, Yangiariq, Vatkan-Qo‘zibek MFY
    Lotni ko‘rish

Mazkur imkoniyat tadbirkorlar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun uzoq vaqt davomida realizatsiya qilinmay kelgan davlat aktivlarini qulay boshlang‘ich narxda xarid qilish hamda ulardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Har bir lot bo‘yicha obyektning manzili, tavsifi, boshlang‘ich narxi, savdo shartlari va boshqa batafsil ma’lumotlar elektron onlayn-auksion platformasida keltirilgan.

Auksionda ishtirok etish bo‘yicha video qo‘llanma:


SamDavaktiv matbuot xizmati

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech