Joriy yilda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan davlat ko‘chmas mulkini samarali boshqarish, sohani raqamlashtirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan nufuzli tadbir o‘tkazildi.
Ushbu xalqaro tadbir va unda muhokama qilingan muhim masalalar “O‘zbekiston 24” telekanalining maxsus videolavhasida atroflicha yoritib berildi.
Videolavhada Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosarining sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, davlat mulkini ijaraga berish va xususiylashtirish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash hamda xalqaro standartlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqidagi atroflicha fikr va mulohazalari aks ettirilgan.
Batafsil ma’lumot va video-lavhani tomosha qilish uchun telekanalning rasmiy resurslariga murojaat qilishingiz mumkin.
Samarqand viloyati Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi matbuot xizmati

