Toyloq tumanida "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari: "Taraqqiyot" MFYda xonadonbay o‘rganishlar o‘tkazilmoqda
Yurtimizda aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Toyloq tumanidagi "Taraqqiyot" mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonbay o‘rganish va amaliy ko‘mak berish tadbirlari tashkil etildi.
Boshqarma mas’ul xodimlari hududdagi ehtiyojmand va doimiy daromadga ega bo‘lmagan oilalar xonadonlariga bevosita tashrif buyurib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o‘rgandilar hamda har bir oila kesimida aniq choralar belgilamoqdalar.
Tadbirlar davomida fuqarolarning daromadlarini oshirish va ularni ijtimoiy reyestrdan bosqichma-bosqich chiqarish yo‘nalishida quyidagi amaliy yordamlar taklif etilmoqda hamda amaliyotga tatbiq etilmoqda:
-
Bandlikni ta’minlash: Fuqarolarning mutaxassisligi va mehnat ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
-
Tadbirkorlikni rivojlantirish: O‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli bank kreditlari ajratish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
-
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: Daromad keltiruvchi faoliyatini kengaytirish, tomorqadan samarali foydalanish hamda kasanachilikni yo‘lga qo‘yish uchun foizsiz ssudalar taklif etilmoqda.
Ko‘rilayotgan ushbu amaliy choralar va ko‘rsatilayotgan manzilli ko‘maklar natijasida hududdagi ko‘plab ehtiyojmand oilalarning tayinli daromad манбайига ega bo‘lishi va pirovardida ijtimoiy ko‘mak ro‘yxatlaridan chiqarilishi ta’minlanmoqda.
Aholi farovonligini oshirish va ularga munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan bu kabi amaliy muloqotlar va xonadonbay o‘rganishlar davom ettiriladi.
SamDavaktiv matbuot xizmati

