Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Avgust 2026

E’LON

TANLOV E’LONI

Tashkilot haqida

Tashkilot nomi:
“Pastdarg‘om tuman MTP” MChJ

Davlat ulushi:
100%

Davlat ulushini boshqaruvchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi


Tanlov haqida

Tanlov turi:
Direktor lavozimiga tanlov

Lavozim:
Direktor

Ish joyi manzili:
O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Juma shahri, Jomiy ko‘chasi, 4-uy.

Ish bandligi:
To‘liq bandlik

Ish haqi:
Jamiyat shtat jadvaliga muvofiq


Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

30 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi, oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, korporativ boshqaruv tamoyillarini bilishi, qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hamda so‘nggi uch yil davomida qishloq xo‘jaligi sohasida rahbarlik lavozimida ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Shuningdek, Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining rasmiy tavsiyasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar

  • ishtirokchining shaxsiy varaqasi (obyektivka);

  • diplom va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari;

  • fuqarolik pasporti nusxasi;

  • jamiyatni rivojlantirish bo‘yicha biznes-reja;

  • mehnat daftarchasi nusxasi;

  • mavjud bo‘lsa, ilmiy unvon va darajalarni tasdiqlovchi hujjatlar, chop etilgan maqolalar, boshqa mutaxassislikka ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi hujjatlar hamda davlat mukofotlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;

  • yuqoridagi talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

Nomzodlarni baholash tartibi

Taqdim etilgan hujjatlarning lavozim talablariga muvofiqligi o‘rganib chiqiladi.

O‘rganish yakunlanganidan so‘ng 2 ish kuni ichida nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi. Agar 2 nafardan ortiq nomzod bo‘lsa, ular bilan suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish

Taqdim etish shakli:
Hujjatlar va ma’lumotlar yopiq (maxsus) konvertlarda taqdim etiladi.

Manzil:
Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni, 1A-uy.

Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2026-yil 22-sentabr, soat 18:00 ga qadar.

19 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech