2026-yil 8-may kuni "E-auksion.uz" platformasida navbatdagi onlayn savdolar muvaffaqiyatli yakunlandi. Savdolarga jami 348 ta lot chiqarilgan bo‘lib, ulardan boshlang‘ich narxi 42,3 mlrd so‘m bo‘lgan 122 ta lot 46,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. O‘tkazilgan savdolarda 352 nafar yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etdi.
Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar:
-
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: Jami 25 ta ob'ekt 9,6 mlrd so‘mga sotildi (boshlang‘ich narxi 8,3 mlrd so‘m). Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi “Issiqlik ta’minoti” MCHJga qarashli quvurlar boshlang‘ich narxi 0,4 mlrd so‘mdan 1,3 mlrd so‘mga ko‘tarildi.
-
Yer uchastkalari: 43,6 ga maydonni egallagan 40 ta yer uchastkasi 31,8 mlrd so‘mga sotildi. Eng yirik kelshim Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida kuzatildi — boshlang'ich narxi 23,1 mlrd so'm bo'lgan yer uchastkasi 24,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
-
Boshqa mulklar: 57 ta lot 5,3 mlrd so‘m qiymatda sotildi (boshlang'ich narxi 6 mlrd so'm).
Hozirgi vaqtda platformada umumiy qiymati 25,1 trln so‘m bo‘lgan 102 984 ta lot savdoga qo‘yilgan.

