389 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 16,5 mlrd so‘m bo‘lgan 59 ta lot 17,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni — 13 ta
- boshlang‘ich narxi — 14,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi — 14,2 mlrd so‘m
Jizzax viloyati Zomin tumanida boshlang‘ich narxi 5,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Suffa Shale” MChJga tegishli kottedj 5,5 mlrd so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari:
- soni — 12 ta
- boshlang‘ich narxi — 1,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi — 1,7 mlrd so‘m
- yer maydoni — 6,9 ga
Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan boshlang‘ich narxi 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan shale uylar, restoran, savdo va xizmat do‘konlari, bolalar maydonchasi qurish uchun yer uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
Boshqalar:
- soni — 34 ta
- boshlang‘ich narxi — 0,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi — 1,2 mlrd so‘m
O‘tkazilgan savdolarda 124 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 27,9 trln so‘m bo‘lgan 96 834 ta lot savdoga qo‘yilgan.

