17-iyul kuni E-AUKSION elektron savdo platformasida o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion savdolarida jami 668 ta lot savdoga chiqarildi.
Savdolar yakuniga ko‘ra, boshlang‘ich qiymati 30,3 milliard so‘m bo‘lgan 383 ta lot 45,8 milliard so‘mga realizatsiya qilindi.
SAVDOLAR BO‘YICHA ASOSIY KO‘RSATKICHLAR
| Ko‘rsatkich | Miqdor |
|---|---|
| Savdoga chiqarilgan lotlar soni | 668 ta |
| Realizatsiya qilingan lotlar soni | 383 ta |
| Realizatsiya qilingan lotlarning boshlang‘ich qiymati | 30,3 mlrd so‘m |
| Realizatsiya qilingan lotlarning sotilgan qiymati | 45,8 mlrd so‘m |
| Savdolarda ishtirok etgan yuridik va jismoniy shaxslar | 799 nafar |
YO‘NALISHLAR KESIMIDA
| Yo‘nalish | Lotlar soni | Boshlang‘ich narxi | Sotilgan narxi | Qo‘shimcha ma’lumot |
|---|---|---|---|---|
| Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari | 27 ta | 11,7 mlrd so‘m | 11,8 mlrd so‘m | — |
| Yer uchastkalari | 80 ta | 8,2 mlrd so‘m | 21,2 mlrd so‘m | Umumiy maydoni 33,7 ga |
| Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari | 217 ta | 4,0 mlrd so‘m | 5,9 mlrd so‘m | — |
| Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish | 15 ta | 6,3 mlrd so‘m | 6,4 mlrd so‘m | — |
| Boshqa yo‘nalishlar | 44 ta | 0,2 mlrd so‘m | 0,5 mlrd so‘m | — |
DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALAR MULKLARI
Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida boshlang‘ich narxi 367 million so‘m bo‘lgan “O‘zbekiston” paxta qabul qilish maskani binosi 404 million so‘mga sotildi.
Batafsil:
https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=24267405
YER UCHASTKALARI
17-iyul kuni yer uchastkalari yo‘nalishida jami 80 ta lot realizatsiya qilindi. Ularning umumiy maydoni 33,7 gektarni tashkil etdi.
Ushbu yo‘nalishda boshlang‘ich qiymati 8,2 milliard so‘m bo‘lgan yer uchastkalari 21,2 milliard so‘mga sotildi.
Savdolarda yuqori narxlarda realizatsiya qilingan ayrim yer uchastkalari:
| Hudud | Yer uchastkasining maqsadi | Boshlang‘ich narxi | Sotilgan narxi |
|---|---|---|---|
| Toshkent viloyati, Ohangaron tumani | “Angren” EIZda ko‘p tarmoqli sanoat majmuasi va logistika markazini tashkil etish | 2,1 mlrd so‘m | 7,3 mlrd so‘m |
| Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri | Ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish | 0,5 mlrd so‘m | 2,4 mlrd so‘m |
| Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani | Master-reja asosida oshxona, kafelar va savdo uylari qurish | 0,4 mlrd so‘m | 2,0 mlrd so‘m |
Batafsil ma’lumot:
Ohangaron tumani:
https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=23960826
Marg‘ilon shahri:
https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=23960828
Bulung‘ur tumani:
https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=23960797
AUKSION ISHTIROKCHILARI
17-iyul kuni o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion savdolarida jami 799 nafar yuridik va jismoniy shaxs ishtirok etdi.
SAVDODAGI LOTLAR
Ayni paytda E-AUKSION elektron savdo platformasida umumiy qiymati 30,9 trillion so‘m bo‘lgan 113 738 ta lot savdoga qo‘yilgan.
Manfaatdor fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari elektron onlayn-auksionda ishtirok etib, mavjud lotlar bo‘yicha savdolarda qatnashishlari mumkin.
SamDavaktiv matbuot xizmati

