Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Iyun 2026

22-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

Elektron savdo platformasi orqali jami 1 761 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. O'tkazilgan raqobatli savdolar natijasida boshlang‘ich narxi 65,2 mlrd so'm bo'lgan 545 ta lot jami 79,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. Savdolarda 1 686 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Statistika toifalar kesimida:

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:

  • Soni: 99 ta

  • Boshlang‘ich narxi: 25,6 mlrd so‘m

  • Sotilgan narxi: 27,6 mlrd so‘m

  • Toshkent shahar Yashnobod tumanida boshlang‘ich narxi 0,8 mlrd so‘m bo‘lgan AT "Xalq banki" balansidagi minibank binosi 1,9 mlrd so‘mga sotildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni: 67 ta

  • Boshlang'ich narxi: 21 mlrd so‘m

  • Sotilgan narxi: 27,8 mlrd so‘m

  • Yer maydoni: 17,7 ga

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hududidan boshlang'ich narxi 0,1 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 11 sotix yеr uchastkasi 3,5 mlrd so‘mga sotildi.

Boshqalar:

  • Soni: 379 ta

  • Boshlang‘ich narxi: 18,6 mlrd so‘m

  • Sotilgan narxi: 23,9 mlrd so‘m

Hozirda umumiy qiymati 26,9 trln so'm bo'lgan 107 198 ta lot ochiq savdoga qo'yilgan.

Samdavaktiv matbuot xizmati

12 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech