Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Iyul 2026

21-iyul sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijalari

21-iyul kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdolariga umumiy hisobda 576 ta lot chiqarildi. Savdolar yakuniga ko‘ra, boshlang‘ich narxi 20,3 mlrd so‘m bo‘lgan 67 ta lot 22,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. Savdolarda 286 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Savdo natijalari to‘g‘risida umumiy ma’lumot

Yo‘nalishlar / Yo‘nalish turlari Soni Boshlang‘ich narxi (mlrd so‘m) Sotilgan narxi (mlrd so‘m) Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar
Davlat mulki ijarasi 8 0,08 0,3 -
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari 24 19,2 19,5 -
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari 19 0,3 0,4 Yer maydoni: 110,4 ga
Daryo o‘zanlarini tozalash huquqi 3 0,7 2,2 -
Boshqalar 13 0,015 0,3 -
Jami 67 20,3 22,6 -

Muhim bitimlar va namunalardan:

  • Davlat mulki ijarasi: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan boshlang‘ich yillik ijara narxi 0,02 mlrd so‘m bo‘lgan “Toshkent shahar Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” DM balansidagi binoning bir qismi 0,2 mlrd so‘mga ijaraga berildi.

  • Daryo o‘zanlarini tozalash huquqi: Navoiy viloyati Karmana tumanidan boshlang‘ich narxi 0,2 mlrd so‘m bo‘lgan Arabsoy soyi o‘zanidagi 2-uchastkaning o‘zanini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish huquqi 0,8 mlrd so‘mga sotildi.

Joriy holat: Hozirgi vaqtda umumiy narxi 32,7 trln so‘m bo‘lgan 114 163 ta lot savdoga qo‘yilgan.

SamDavaktiv matbuot xizma

25 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech