Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Iyul 2026

23-iyul sanasida o‘tkazilgan onlayn auksion savdolari natijalari

23-iyul kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdolarida jami 668 ta lot savdoga chiqarildi. O‘tkazilgan savdolar natijasiga ko‘ra, boshlang‘ich narxi 74,2 mlrd so‘m bo‘lgan 395 ta lot jami 109,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Savdolarda 1 152 nafar jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.

Yo‘nalishlar kesimida savdo ko‘rsatkichlari jadvali

Mulk/Yo‘nalish turi Lotlar soni Boshlang‘ich narxi (mlrd so‘m) Sotilgan narxi (mlrd so‘m) Yer maydoni
Davlat aktivlari 1 ta 10,7 37,3
Davlat mulki ijarasi 30 ta 0,2 0,9
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari 37 ta 34,5 35,3
Yer uchastkalari 45 ta 13,6 18,9 18,1 ga
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari 137 ta 2,5 3,2 753,1 ga
Buyurtmachi mulklari 6 ta 4,8 5,1
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish 44 ta 7,7 8,0
Boshqa yo‘nalishlar 95 ta 0,06 1,0
Jami 395 ta 74,2 109,7

Hududlar kesimidagi yirik va eʼtiborli bitimlar

  • Namangan viloyati (Uychi tumani): Boshlang‘ich narxi 10,7 mlrd so‘m bo‘lgan “Qizilrovot Seleksioner” MCHJning ustav fondidagi 100 foizlik davlat ulushi 37,3 mlrd so‘mga sotildi.

  • Navoiy viloyati (Karmana tumani): Boshlang‘ich narxi 9,5 mlrd so‘m bo‘lgan Sanoatqurilishbankning Navoiy mintaqaviy filialiga qarashli noturar joy binosi 10,0 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

  • Xorazm viloyati (Urganch tumani): Gidrotexnika va suv xo‘jaligi inshootlari binolarini qurish uchun mo‘ljallangan, boshlang‘ich narxi 2,4 mlrd so‘m bo‘lgan yer uchastkasi 5,4 mlrd so‘mga sotildi.

  • Andijon viloyati (Asaka tumani): Sud va ijro yo‘nalishida boshlang‘ich narxi 0,8 mlrd so‘m bo‘lgan yuk avtotransport vositasi 1,0 mlrd so‘mga sotildi.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus shahri): Boshlang‘ich yillik ijara narxi 0,02 mlrd so‘m bo‘lgan Abu Ali ibn Sino nomidagi texnikumning bir qismi 0,2 mlrd so‘mga ijaraga berildi.

Joriy holat

Hozirgi vaqtda platformada umumiy boshlang‘ich qiymati 33,8 trln so‘m bo‘lgan 114 555 ta lot onlayn auksion savdolariga qo‘yilgan.

34 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech