Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Avgust 2026

31-iyul kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdolari natijalari

31-iyul kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdolarida umumiy hisobda 848 ta lot savdoga chiqarildi. Natijalarga ko‘ra, boshlang‘ich narxi 113,3 mlrd so‘m bo‘lgan 461 ta lot xaridorlar tomonidan 128,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

O‘tkazilgan savdo jarayonlarida umumiy 1 043 nafar yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etdi.

Yo‘nalishlar kesimidagi umumiy ko‘rsatkichlar

Yo‘nalish nomi Sotilgan lotlar soni Boshlang‘ich narxi Sotilgan (ijaraga berilgan) narxi
Davlat aktivlari 2 ta 24,7 mlrd so‘m 25,9 mlrd so‘m
Yer uchastkalari (36 ga) 183 ta 78,0 mlrd so‘m 87,2 mlrd so‘m
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari (846,3 ga) 196 ta 1,4 mlrd so‘m 2,3 mlrd so‘m
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari 16 ta 7,0 mlrd so‘m 7,4 mlrd so‘m
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish 14 ta 1,7 mlrd so‘m 4,1 mlrd so‘m
Davlat mulki ijarasi 11 ta 82,0 mln so‘m 96,2 mln so‘m
Boshqalar 39 ta 0,4 mlrd so‘m 1,8 mlrd so‘m
JAMI 461 ta 113,3 mlrd so‘m 128,8 mlrd so‘m

Eng yirik bitimlar tafsiloti

Yo‘nalish Hudud / Objekt nomi Boshlang‘ich narxi Sotilgan narxi
Davlat aktivlari Sirdaryo viloyati, Guliston sh. — Sobiq “Guliston ekstrakt yog‘” AJ mulkiy majmuasi qismi 20,6 mlrd so‘m 21,7 mlrd so‘m
Yer uchastkalari Toshkent sh., Yangihayot t. — Qurilish sanoati korxonalari uchun yer maydoni 49,9 mlrd so‘m 52,4 mlrd so‘m
Sud va boshqa organlar Namangan viloyati, Namangan sh. — Savdo do‘koni bino-inshootlari 0,5 mlrd so‘m 2,4 mlrd so‘m
Davlat mulki ijarasi Toshkent viloyati, Yangiyo‘l sh. — Sport maktabining sun’iy qoplamali maydoni 36,2 mln so‘m 39,8 mln so‘m
Boshqa yo‘nalishlar Toshkent viloyati, Piskent t. — Ohangaron daryosi o‘zanini tozalash loyihasi 0,02 mlrd so‘m 0,8 mlrd so‘m

Joriy holat

Hozirgi vaqtda elektron savdo platformasida umumiy qiymati 34,2 trln so‘m bo‘lgan 116 927 ta lot auksion savdolariga qo‘yilgan.

SamDavaktiv matbuot xizmati

24 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech