Yangiliklar

23 Sentyabr 2025

Samarqand viloyatida joylashgan uzoq muddatdan buyon sotilmagan davlat obyektlarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritish orqali xususiylashtirish uchun arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga asosan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ommaviy savdolarga chiqarilgan Samarqand viloyatida joylashgan boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllangan va uzoq muddatdan buyon sotilmagan 1 ta davlat obyektini xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitallariga kiritish orqali xususiylashtirish uchun arizalar qabul qilish jarayoni boshlanganligini eʼlon qiladi. Xususan:

Bo‘sh turgan molxona va agrofirma bino va inshootlari;

 

Mazkur davlat obyektini ustav kapitallariga davlat ulushi sifatida kiritishga qiziqish bildirgan xoʻjalik jamiyatlari qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini oʻzbek, rus yoki ingiliz tillarida tayyorlab 2025-yil 13-oktyabr soat 18:00 ga qadar samarqand@davaktiv.uz elektron pochta manziligi yoki Samarqand shahar, Ko‘ksaroy maydoni 1A-uy manziliga pochta orqali yuborishlari talab etiladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:

Xasanov Primqul Rashidovich, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi masʼul xodimi:

samarqand-gkk@exat.uz; tel.: +998 66 233 73 54 +998 99 447 17 70

 

38 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech