Tegishli xususiylashtirish dasturlariga asosan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ommaviy savdolarga chiqarilgan Samarqand viloyatida joylashgan boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllangan va uzoq muddatdan buyon sotilmagan 1 ta davlat obyektini xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitallariga kiritish orqali xususiylashtirish uchun arizalar qabul qilish jarayoni boshlanganligini eʼlon qiladi. Xususan:
Bo‘sh turgan molxona va agrofirma bino va inshootlari;
Mazkur davlat obyektini ustav kapitallariga davlat ulushi sifatida kiritishga qiziqish bildirgan xoʻjalik jamiyatlari qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini oʻzbek, rus yoki ingiliz tillarida tayyorlab 2025-yil 13-oktyabr soat 18:00 ga qadar samarqand@davaktiv.uz elektron pochta manziligi yoki Samarqand shahar, Ko‘ksaroy maydoni 1A-uy manziliga pochta orqali yuborishlari talab etiladi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:
Xasanov Primqul Rashidovich, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi masʼul xodimi:
samarqand-gkk@exat.uz; tel.: +998 66 233 73 54 +998 99 447 17 70