Ру Ўз O'z En

Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlar haqida axborot

Davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bogliq bolgan
muxum ko
rsatkichlar  togrisidagi axborot.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Аksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 58-moddasiga muvofiq aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkazilishi belgilangan.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bogliq bolgan
muxum ko
rsatkichlar  togrisidagi axborot.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Аksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 58-moddasiga muvofiq aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkazilishi belgilangan.

Shuningdek, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 35-moddasiga ko‘ra ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozimligi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasida Davlat aktivlari agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosati yuritilishini muvofiqlashtirish, davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan va to‘langan dividendlarning (ajratmalarning) hisobini yuritishi, 42-moddasida davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi sof foydani taqsimlash va uning bir qismini dividendlarga yoʻnaltirish masalasi bo‘yicha kuzatuv kengashi ularni oldindan ko‘rib chiqishi va kuzatuv kengashining davlat ulushi bo‘yicha saylangan a’zolari ular bo‘yicha ovoz berish tartibi to‘g‘risidagi takliflarni tegishincha davlat ulushiga nisbatan aksiyadorlar (ishtirokchilar) bo‘lgan Davlat aktivlari agentligiga, maxsus vakolatli davlat organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etishi belgilangan.

         Bugungi kunda “Davlat mulki” axborot tizimida Samarqand viloyatida davlat ishtirokidagi korxonalar soni 120 tani tashkil etadi.

         Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan berilgan maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar 2025-yil yakunlari bo‘yicha 72 ta davlat ishtirokidagi korxonalarda auditorlik tekshiruvlari va yillik umumiy yig‘ilishlar o‘tkazilganligi to‘g‘risida maʼlumot berilgan.

Shuningdek, 2025-yil yakunlari bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan 7 702,1 mln.so‘m sof foyda olingan bo‘lib, shundan, sof foydadan davlat ulushiga jami 2 189,7 mln.so‘m dividendlarga ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 75-moddasiga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilashi ko‘rsatilgan.

“Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonaning kuzatuv kengashi majlislari zaruratga qarab, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkazilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi
PQ-415-son qaroriga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab ustav kapitalida davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlisi va aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi bayonlari ular rasmiylashtirilgandan soʻng, oʻn kun muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimida joylashtirilishi qayd etilgan.

Oʻz navbatida, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlarining amaldagi tarkibidagi oʻzgarishlar, ulardagi mavjud boʻsh oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu oʻzgarishlar sodir boʻlgan sanadan ikki ish kuni ichida majburiy tartibda maxsus portalga (kpi.davaktiv.uz) joylashtirib borilishi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv va nazorat organlarining amaldagi tarkibidagi oʻzgarishlar, ulardagi mavjud boʻsh oʻrinlar, uning faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan maʼlumot hamda umumiy yigʻilishi bayonlari “Davlat mulki” axborot tizimiga oʻz vaqtida taqdim etilmaganda, ularning ijroiya organi rahbarlari ragʻbatlantirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilanganligini ta’kidlab oʻtish joiz hisoblanadi.

18 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech