Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Iyul 2026

Davlat aktivlari agentligi tizimi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi

Davlat aktivlari agentligi tizimi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida “Sport kuni” doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur tadbir xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va ish faoliyatida ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.

Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonlik, chidamlilik, intizom, iroda va jamoaviy hamjihatlik kabi fazilatlarini namoyon etdilar. Tadbir samimiy, ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tkazilib, xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va birdamlikni yanada mustahkamladi.

Sport tadbirlarining muntazam tashkil etilishi xodimlar salomatligini mustahkamlash, mehnat unumdorligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Zero, jismonan faol va sog‘lom xodim har qanday jamoaning barqaror rivojlanishi va samarali faoliyatida muhim omil hisoblanadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning faolligi alohida e’tirof etilib, bunday sport musobaqalarini kelgusida ham davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Sport — salomatlik, intizom va hamjihatlik manbai.

SamDavaktiv matbuot xizmati

10 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech