Bugungi kunda davlat xizmatchilarining professional bilim va ko‘nikmalarini muttasil oshirib borishi, nafaqat o‘z xizmat vazifalarini bajarishda, balki favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda fuqaro muhofazasini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat aktivlari agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Djanikulov Farrux Shavkatovich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomladi.
F.Djanikulov joriy yilning 1-5-iyun kunlari tashkil etilgan 30 soatlik maxsus o‘quv dasturi doirasida “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” hamda “Favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Kurs davomida favqulodda holatlarning oldini olish, shunday vaziyatlarda to‘g‘ri strategiya belgilash va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning amaliy jihatlari o‘rganildi.
O‘quv dasturi yakunida tinglovchining orttirgan bilimlari munosib baholanib, unga belgilangan namunadagi maxsus Guvohnoma topshirildi.
Boshqarma jamoasi Farrux Shavkatovichni ushbu kasbiy yuksalish bilan tabriklaydi va kelgusi mas'uliyatli faoliyatida zafarlar tilaydi.
Davlat aktivlari agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi Matbuot xizmati

