Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Oktyabr 2026

Samarqand viloyatida yer uchastkalarini "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali xarid qiling

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tadbirkorlar hamda fuqarolarga "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari auktsion savdolariga chiqarilganini ma'lum qiladi.

Siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yer uchastkalarini savdolarda ixtiyoriy ravishda xarid qilishingiz mumkin:

  • Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun yerlar: 1 327 ta yer uchastkasi

  • Yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yerlar: 1 ta yer uchastkasi

  • Yoshlar sanoat zonalari (YSZ) hududidagi yerlar: 10 ta yer uchastkasi

  • Kichik sanoat zonalari (KSZ) hududidagi yerlar: 2 ta yer uchastkasi

  • Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) hududidagi yerlar: 95 ta yer uchastkasi

  • Turizm va turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun yerlar: 4 ta yer uchastkasi

  • Nodavlat umumta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalari uchun yerlar: 6 ta yer uchastkasi

  • Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha master-rejalar asosidagi yerlar: 334 ta yer uchastkasi

  • Boshqa bo‘sh turgan yer maydonlari: 4 ta yer uchastkasi

Savdolarda qatnashish tartibi va shartlari bilan tanishish uchun platformadagi tegishli videoqo‘llanmani ko‘rib chiqishingiz mumkin: e-auksion.uz.

Murojaat va maslahat uchun: Auksion savdolari va ob'yektlar bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, "E-auksion" platformasining Samarqand viloyati bo‘yicha vakillariga murojaat qilishingiz mumkin:

  • Telefon: +998 77 375-74-17

  • Telefon: +998 99 207-36-07

  • Telefon: +998 99 207-26-07

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi Matbuot xizmati.

10 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech