Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi (SamDavaktiv) hamda "E-AUKSION" elektron savdo platformasi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi investitsiyaviy jozibador ob'ektlarni e'lon qiladi. Samarqand viloyati, Toyloq tumani hududidan tasdiqlangan master-rejalar (bosh rejalar) asosida shakllantirilgan yer uchastkalari ommaviy onlayn auksion savdolariga chiqarildi.
Mazkur yer uchastkalari hududning infratuzilma imkoniyatlari, transport logistikasi va kelgusi rivojlanish strategiyasi hisobga olingan holda aniq maqsadli loyihalar uchun ajratilgan.
Tadbirkorlar va investorlar uchun eng asosiy qulayliklardan biri — auksion g'oliblariga yer uchastkalarining yakuniy qiymatini birdaniga emas, balki shartnomada belgilangan muddatlar davomida bo'lib-bo'lib (muddatli to'lov asosida) to'lash imkoniyati taqdim etiladi. Bu esa biznes loyihalarni boshlang'ich bosqichda ortiqcha moliyaviy yuklamasiz ishga tushirish imkonini beradi.
Ob'ektlar haqida qisqacha ma'lumot:
-
Joylashgan manzili: Samarqand viloyati, Toyloq tumani
-
Sotuv turi: Master-reja asosida, muddatli bo'lib to'lash sharti bilan
-
To'liq ro'yxat va lotlar bilan tanishish: Platformadagi maxsus bo'lim orqali tumandagi barcha mavjud yer uchastkalarining batafsil parametrlari, boshlang'ich narxlari va yer maydonlari bilan "Barchasini ko'rish" havolasi orqali tanishishingiz mumkin.
Ishtirok etish tartibi: Auksion savdolari qonunchilikda belgilangan tartibda, to'liq elektron shaklda va shaffoflik tamoyillari asosida o'tkaziladi. Tizimda ro'yxatdan o'tish, ariza topshirish hamda garov mablag'larini kiritish tartibi bo'yicha batafsil ma'lumotlar platformadagi maxsus video-qo'llanmada aks ettirilgan.
Qo'shimcha savollar, ob'ektlarni borib ko'rish va auksionda qatnashish qoidalari bo'yicha maslahatlar olish uchun "E-AUKSION" platformasining vakolatli xodimlari bilan bog'lanishingiz mumkin:
-
Telefon: +998 (77) 375-74-17
-
Telefon: +998 (99) 207-36-07
-
Telefon: +998 (99) 207-26-07
SamDavaktiv matbuot xizmati

