Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Iyul 2026

Davlat aktivlari agentligida navbatdagi "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqoti tashkil etildi

 

 

Shu munosabat bilan Davlat aktivlari agentligida dunyoning TOP-100talik oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar hamda agentlik tizimida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Agentlik direktori Sohibjon Murodov yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda davlat aktivlarini boshqarish tizimidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritdi.

 

 

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda davlat boshqaruvi tizimi strategik fikrlaydigan, xalqaro tajribani chuqur o‘zlashtirgan, iqtisodiy tahlil qilish ko‘nikmasiga ega, raqamli texnologiyalardan samarali foydalana oladigan, xorijiy tillarni mukammal biladigan hamda Vatan taraqqiyoti uchun mas’uliyatni chuqur his qiladigan mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda.

 

“TOP-10, TOP-50 va TOP-100 talikka kirgan universitetlarda bilim olayotgan yoshlarimiz nafaqat o‘z kelajagini, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini ham belgilab beradigan salohiyatli kadrlardir. Biz ana shunday yoshlarni kelgusida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida ko‘rishdan manfaatdormiz. Bugun Agentlik mamlakatimizdagi eng muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirayotgan tashkilotlardan biri hisoblanadi”, — dedi Davlat aktivlari agentligi direktori Sohibjon Murodov.

 

Qayd etilganidek, Agentlik tizimida xalqaro investorlar bilan muzokaralar olib borish, yirik xususiylashtirish bitimlarini tayyorlash, davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish, korporativ boshqaruvning xalqaro standartlarini joriy etish hamda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarning muvaffaqiyati esa, avvalo, malakali va zamonaviy bilimlarga ega inson kapitaliga bog‘liq.

 

 

Uchrashuv davomida xorijda tahsil olayotgan yoshlar bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularni Agentlik tizimida amaliyot o'tashlari uchun imkoniyatlar yaratish va faoliyat bilan bog'liq tadbir- dasturlariga jalb qilish, ilmiy-tahliliy loyihalarda o'zaro tajriba almashishni kengaytirishga kelishib olindi.

 

Tadbirda Davlat aktivlari agentligining mas'ul rahbarlari davlat aktivlarini xususiylashtirish siyosati, davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va transformatsiya qilish, shuningdek, "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali davlat aktivlarini ochiq va shaffof sotish mexanizmlari yuzasidan qiziqarli va mazmunli taqdimotlar bilan ishtirok etdilar.

 

 

 

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

 

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda Agentlik rahbariyati bilan ochiq va samimiy muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 
 
57 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech