Oʻzbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish va savdo jarayonlarini jadallashtirish maqsadida e-auksion tizimi va savdo tartib-taomillariga qator muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Yangilangan tizim tadbirkorlar uchun ortiqcha vaqt yoʻqotishlarining oldini olish hamda davlat aktivlariga boʻlgan jozibadorlikni oshirishga qaratilgan.
Kiritilgan asosiy yangiliklar va ularning mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Boshlangʻich narxi 1 million soʻm boʻlgan lotlar Uzoq vaqt davomida sotilmasdan turgan bir qator davlat aktivlari endilikda savdoga 1 million soʻmlik ramziy boshlangʻich narx bilan chiqarilmoqda. Bu kichik va oʻrta biznes vakillari uchun davlat aktivlarini sotib olish hamda ulardan unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi.
2. Gibrid auksion usulining joriy etilishi (Anglo-Golland modeli) 3 oy davomida sotilmagan obʼyektlar boʻyicha savdo jarayonlari yangicha gibrid model asosida tashkil etiladi:
-
Narxni pasaytirish bosqichi: Dastlab obʼyekt narxi bosqichma-bosqich 2 foizdan pasaytirib boriladi.
-
Narxni oshirish bosqichi: Ishtirokchilardan biri pasaytirilgan narx boʻyicha taklif bildirgach, savdo toʻxtatiladi va shu narxdan boshlab klassik oshirish tartibi yoʻlga qoʻyiladi.
3. Savdo muddatlarining qisqartirilishi Avvalgi tartibda savdo haqidagi xabarnoma eʼlon qilingach, auksion boshlanishini 30 kun kutish talab etilardi. Yangilangan qoidalarga koʻra:
-
Birinchi savdo xabarnomasi eʼlon qilish muddati 30 kundan 15 kunga tushirildi.
-
Takroriy savdolarda xabarnoma muddati 10 kundan 5 kunga qisqartirildi.
Savdoga chiqarilgan davlat aktivlarining toʻliq roʻyxati bilan E-Auksion rasmiy sahifasi orqali tanishishingiz mumkin.
SamDavaktiv matbuot xizmati

