Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 May 2026

Xotira — muqaddas, qadr — boqiy

   Yurtimizda 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi shahrimizdagi “Xotira maydoni”ga tashrif buyurib, “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

 

 

   Tadbir davomida jamoa a’zolari tomonidan majmua poyiga gullar qo‘yilib, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga yuksak hurmat-ehtirom bajo keltirildi. O‘tganlarni yod etish, bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun kurashgan vatandoshlarimizning jasoratini e’zozlash har birimizning insoniy burchimizdir.
 

   Ziyorat davomida boshqarma rahbariyati tinchlikning qadri haqida to‘xtalib, shunday ta’kidladi:

"Xotira bor ekan — millat barhayot, qadr bor ekan — kelajak nurafshon. Bugun maydon uzra hukm surayotgan sokinlik bizga tinchlik naqadar oliy ne’mat ekanligini, uni ko‘z qorachig‘idek asrash har birimizning burchimiz ekanini anglatadi."

 

 

Ona haykali poyidagi sokinlik va ehtirom ruhi barchamizga osoyishta hayot qadrini yana bir bor his qildirdi. Bu kabi tadbirlar nafaqat tariximizga bo‘lgan yuksak hurmatning ifodasi, balki yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Xalqimizning mard va jasur farzandlari xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi!


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi Matbuot xizmati

82 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech