Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Iyul 2026

6-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn auksion savdolari natijalari

Joriy yilning 6-iyul kuni o'tkazilgan ommaviy onlayn auksion savdolariga jami 851 ta lot chiqarildi. Savdolar yakuniga ko'ra, boshlang‘ich narxi 120,5 milliard so'm bo'lgan 818 ta lot jami 166,2 milliard so‘mga realizatsiya qilindi. O'tkazilgan savdolarda ishtirok etish uchun jami 1 980 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Yo'nalishlar kesimida sotilgan lotlar tahlili:

Davlat aktivlari:

  • Realizatsiya qilingan lotlar soni: 15 ta

  • Boshlang‘ich baholangan narxi: 37,6 milliard so‘m

  • Yakuniy sotilgan narxi: 55,7 milliard so‘m

  • Yirik bitim: Xorazm viloyati Urganch shahri hududidan boshlang‘ich narxi 9 milliard so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino-inshootlar auksion natijasiga ko'ra 12,1 milliard so‘mga sotildi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:

  • Realizatsiya qilingan lotlar soni: 93 ta

  • Boshlang‘ich baholangan narxi: 18,1 milliard so‘m

  • Yakuniy sotilgan narxi: 22,7 milliard so‘m

  • Yirik bitim: Namangan viloyati Chortoq tumani hududidan boshlang‘ich narxi 3,4 milliard so‘m bo‘lgan AT “Xalq banki” balansidagi bank xizmatlari markazi (BXM) binosi 3,6 milliard so‘mga sotildi.

Tadbirkorlik uchun yer uchastkalari:

  • Realizatsiya qilingan lotlar soni: 285 ta

  • Boshlang'ich baholangan narxi: 39,9 milliard so‘m

  • Yakuniy sotilgan narxi: 52,9 milliard so‘m

  • Umumiy yer maydoni: 57,7 gektar

  • Yirik bitim: Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidan boshlang'ich narxi 4,8 milliard so‘m bo‘lgan, paxtani qayta ishlash korxonasi qurish uchun mo'ljallangan yеr uchastkasi 5,1 milliard so‘mga sotildi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida (sud ijrochilari tomonidan qo'yilgan mulklar):

  • Realizatsiya qilingan lotlar soni: 75 ta

  • Boshlang'ich baholangan narxi: 15,1 milliard so‘m

  • Yakuniy sotilgan narxi: 19,8 milliard so‘m

  • Yirik bitim: Jizzax viloyati Jizzax shahridan boshlang'ich narxi 1,1 milliard so‘m bo‘lgan XCMG dizel rusumli maxsus avtokran savdolar natijasida 1,4 milliard so‘mga baholandi va realizatsiya qilindi.

Qishloq xo'jaligi yer uchastkalari:

  • Realizatsiya qilingan lotlar soni: 240 ta

  • Boshlang‘ich baholangan narxi: 9 milliard so‘m

  • Yakuniy sotilgan narxi: 13,8 milliard so‘m

Boshqa toifadagi mulklar:

  • Realizatsiya qilingan lotlar soni: 110 ta

  • Boshlang‘ich baholangan narxi: 0,8 milliard so‘m

  • Yakuniy sotilgan narxi: 1,3 milliard so‘m

Hozirgi vaqtda elektron savdo platformasida umumiy boshlang'ich qiymati 30,7 trillion so'm bo'lgan 113 041 ta faol lot onlayn auksion savdolariga qo'yilgan bo'lib, tadbirkorlar va fuqarolar o'z arizalarini topshirishlari mumkin.

SamDavaktiv matbuot xizmati

 

9 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech