Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Iyul 2026

9-iyul kuni o‘tkazilgan elektron onlayn auksion savdolari natijalari

"E-AUKSION" elektron savdo platformasida joriy yilning 9-iyul kuni navbatdagi onlayn auksion savdolari muvaffaqiyatli yakunlandi. Savdolarda jami 1 231 nafar yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etdi.

O‘tkazilgan savdolar davomida 495 ta yangi lot auksionga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich qiymati 29,4 mlrd so‘m bo‘lgan 514 ta lot jami 43,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Auksion savdolari natijalarining yo‘nalishlar kesimidagi ko‘rsatkichlari:

Tovar/Mulk toifasi Sotilgan lotlar soni Boshlang‘ich narxi (mlrd so‘m) Sotilgan narxi (mlrd so‘m) Qo‘shimcha ma’lumot
Davlat aktivlari 1 ta 1,3 1,8
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari 23 ta 5,7 6,1
Yer uchastkalari 81 ta 12,3 16,8 Umumiy maydoni: 8,6 ga
Qishloq xo‘jaligi yerlari 207 ta 4,1 7,0
Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi 18 ta 4,4 7,6
Boshqa toifadagi mulklar 184 ta 1,6 4,3
JAMI 514 ta 29,4 43,6

Sotilgan yirik va diqqatga sazovor ob’ektlar:

  • Davlat aktivlari yo‘nalishida: Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi balansidagi noturar bino boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan holda 1,8 mlrd so‘mga sotildi.

  • Yer uchastkalari yo‘nalishida: Toshkent shahar Sirg‘ali tumanidan ofis binolari qurish uchun yer uchastkasi 2,2 mlrd so‘mga (boshlang‘ich narxi 1,9 mlrd so‘m) hamda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidan ishlab chiqarish korxonalari qurish uchun yer uchastkasi 1,8 mlrd so‘mga (boshlang‘ich narxi 1,7 mlrd so‘m) realizatsiya qilindi.

  • Sud hujjatlari ijrosi yo‘nalishida: Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadon boshlang‘ich narxi 0,6 mlrd so‘m bo‘lgan holda 1,9 mlrd so‘mga sotildi.

  • Boshqa toifalar yo‘nalishida: Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Suvliq-18” granit konida geologik qidiruv ishlarini olib borish huquqi boshlang‘ich narxi 0,1 mlrd so‘m bo‘lgani holda 1,1 mlrd so‘mga xarid qilindi.

Hozirgi vaqtda "E-AUKSION" platformasida umumiy boshlang‘ich qiymati 31,6 trln so‘m bo‘lgan 113 637 ta lot auksion savdolari uchun ochiq turibdi.

SamDavaktiv matbuot xizmati

 

6 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech