Joriy yilning 19-iyun kuni elektron savdo platformasi orqali jami 587 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. O'tkazilgan raqobatli savdolar natijasida boshlang‘ich narxi 14,8 mlrd so'm bo'lgan 278 ta lot jami 25,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. Savdolarda 654 nafar yuridik va jismoniy shaxslar faol ishtirok etishdi.
| Yo'nalishlar va toifalar | Soni | Boshlang'ich narxi | Sotilgan narxi | Qo'shimcha ma'lumot |
|---|---|---|---|---|
| Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari | 7 ta | 1.1 mlrd so‘m | 1.2 mlrd so‘m | - |
| Yer uchastkalari | 80 ta | 6.3 mlrd so‘m | 13.7 mlrd so‘m | 28.7 gektar umumiy maydon |
| Boshqa turdagi aktivlar va mulklar | 191 ta | 7.4 mlrd so‘m | 10.2 mlrd so‘m | - |
Yirik kelishuvlar (Hududlar kesimida):
• Sirdaryo viloyati: Guliston shahrida joylashgan, boshlang‘ich narxi 0.4 mlrd so‘m bo‘lgan “Golden stroy systems” MChJ balansidagi savdo do‘koni auksionda 0.5 mlrd so‘mga sotildi.
• Samarqand viloyati: Urgut tumani hududidan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun mo'ljallangan, boshlang'ich narxi 0.4 mlrd so‘m bo‘lgan 19 sotix yer uchastkasi raqobatli savdolarda 3.7 mlrd so‘mga baholandi va realizatsiya qilindi.

Hozirgi vaqtda elektron platformada umumiy boshlang'ich qiymati 31.5 trln so'm bo'lgan jami 107 629 ta lot auksion savdolari uchun ochiq deb e'lon qilingan.
Samdavaktiv matbuot xizmati