24-avgust kuni onlayn auksion savdolariga jami 817 ta lot chiqarildi.
Shundan boshlang‘ich narxi 104,1 mlrd so‘m bo‘lgan 547 ta lot jami 133,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
| Savdo yo‘nalishi | Lotlar soni | Boshlang‘ich narx | Sotilgan narx | Yer maydoni |
|---|---|---|---|---|
| Davlat aktivlari | 2 ta | 2,5 mlrd so‘m | 3,4 mlrd so‘m | — |
| Davlat mulki ijarasi | 30 ta | 0,3 mlrd so‘m | 0,4 mlrd so‘m | — |
| Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari | 108 ta | 63,9 mlrd so‘m | 79,7 mlrd so‘m | — |
| Yer uchastkalari | 116 ta | 19,2 mlrd so‘m | 29,6 mlrd so‘m | 27,5 ga |
| Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari | 154 ta | 1,2 mlrd so‘m | 1,8 mlrd so‘m | 3511,3 ga |
| Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo‘nalishi | 69 ta | 11,6 mlrd so‘m | 12,5 mlrd so‘m | — |
| Buyurtmachi mulklari | 11 ta | 5,4 mlrd so‘m | 5,8 mlrd so‘m | — |
| Boshqalar | 57 ta | 0,04 mlrd so‘m | 0,4 mlrd so‘m | — |
Ayrim savdolardan namunalar
Davlat aktivlari
Andijon viloyati Paxtaobod tumanida joylashgan, boshlang‘ich narxi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan notarial idora binosi 1,9 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulki ijarasi
Andijon shahrida joylashgan, boshlang‘ich yillik ijara narxi 66 mln so‘m bo‘lgan Yoshlar ishlari agentligining Andijon viloyati yoshlar ishlari bo‘limi hududidagi bino 73 mln so‘mga ijaraga berildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari
Buxoro shahrida joylashgan, boshlang‘ich narxi 32,3 mlrd so‘m bo‘lgan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga qarashli noturar bino 45,2 mlrd so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari
Toshkent shahri Yangihayot tumanida qurilish sanoati korxonalarini tashkil etish uchun ajratilgan, boshlang‘ich narxi 6,1 mlrd so‘m bo‘lgan yer uchastkasi 6,4 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida klinikalar, dispanserlar va dorixonalar tashkil etish uchun ajratilgan, boshlang‘ich narxi 2,5 mlrd so‘m bo‘lgan yer uchastkasi 5,5 mlrd so‘mga sotildi.
Savdolarda jami 1 466 nafar yuridik va jismoniy shaxs ishtirok etdi.
Hozirda umumiy qiymati 34,5 trln so‘m bo‘lgan 118 980 ta lot savdoga qo‘yilgan.
SamDavaktiv matbuot xizmati

