Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Avgust 2026

25-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

613 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 46,2 mlrd so'm bo'lgan 253 ta lot 47,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

 

Davlat mulki ijarasi:

  • soni 11 ta
  • boshlang‘ich narxi 0,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 0,2 mlrd so‘m
  • Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidan boshlang‘ich yillik ijara narxi 157 mln so‘m bo‘lgan "Mirzo ulug‘bek tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi" DM balansidagi sport maydoni 174 mln so‘mga ijaraga berildi.

 

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:

  • soni 51 ta
  • boshlang‘ich narxi 38,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 39 mlrd so‘m
  • Toshkent shahar Yangi Toshkent hududidan boshlang‘ich narxi 888 mln so‘m bo‘lgan “Sharq Bahori” loyihasidagi ko‘p qavatli uylaridan xonadon sotib olish uchun investitsiya kiritish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi 933 mln so‘mga sotildi.

 

Yer uchastkalari:

  • soni 57 ta
  • boshlang‘ich narxi 5,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 7,6 ga
  • Toshkent viloyati Parkent tumanidan boshlang‘ich narxi 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan mehmonxonalar qurish yer uchastkasi 1,8 mlrd so‘mga sotildi.
  • Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidan boshlang‘ich narxi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan ochiq turdagi avtoturargoh tashkil etish uchun yer uchastkasi 1,2 mlrd so‘mga sotildi.

 

Qishloq xo'jaligi yer uchastkalari:

  • soni 112 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1152,4 ga

Boshqalar:

  • soni 22 ta
  • boshlang‘ich narxi 0,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 0,3 mlrd so‘m

 

O'tkazilgan savdolarda 374 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 34,4 trln so'm bo'lgan 118 816 ta lot savdoga qo'yilgan.

11 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech